Joriy yilning, 22-aprel kuni Taxiatosh tumani Ichki ishlar tuman bo’limida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “O’zini tanigan inson dunyoni taniydi” mavzusida amerikalik yozuvchi Jen Senseroning “O’zni shakllantirish” kitobi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Kitob taqdimotini Taxiatosh tumani Ichki ishlar tuman bo’limi boshlig’i o’rinbosari U.Romanov o’z so’zi bilan ochib berdi va kelgan mehmonlarni yig’ilganlarga tanishtirib o’tdi, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova kitob taqdimotini olib bordi.

IIB tuman bo’limi xodimlariga N.Mamutova o’z so’zida bu kitob haqida o’zgacha bir tarifni berib o’tdi, bu asar sizni uyg’onishga, qo’rquvlarga barham berib o’z harakatingizni boshlab davom etishda yordam berishi va u shaxsni shakllantirishning barcha ma’lum usullarini o’qib chiqish mumkinligini, bu asar 28 mamlakatda chop etilganligi haqida ta’kidlab o’tdi. Yig’ilganlar ichida bu kitobga qiziqish uyg’onib o’z savollariga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы