Joriy yilning 22-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi A.To’reniyazova tomonidan Taxiatosh tumani IIB inspektor psixologi leytenant J.Qaytniyazova bilan birgalikda “Har bir inson o’z haq-huquqlarini bilishi kerak” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Bu davra suhbatini tashkillashtirishdan maqsad yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirishdan iborat, ular o’zlarining huquqiy savotxonigini oshirishdan iborat.

Suhbatni Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi A.To’reniyazova ochib berdi, suhbatda Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktab Ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha director o’rinbosari G.Madreymova va 6-sonli maktab o’quvchilari ishtirok etdi. Bunda tuman IIB Taxiatosh tumani IIB inspektor psixologi leytenant J.Qaytniyazova, bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida huquq va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish kafolatlari himoyasini ta’minlash borasida qator keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini, Yoshlarga oid davlat siyosatining asosini “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun tashkil etib, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash asoslarini belgilab berishini, xususan, yoshlar kamoloti ta’lim, ijodiy va intellektual rivojlanish, bandlik va yoshlar ilgari surayotgan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy elementlariga asoslanishini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek leytenant J.Qaytniyazova hozirgi jundagi yoshlar orasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlari haqida aytib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы