Joriy yilning, 22-aprel kuni Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ma’rifatparvarlik-jadidlar izidan” mavzusida Zakovat intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Zakovat intellektual o’yinini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi.

Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaeva ishtirok etdi. Zakovat o’yinida Ixtisoslashtirilgan maktabning 8a-sinf “Fitrat” jamoasi, 8b-sinfning “Avloniy” jamoasi va 9b-sinfning “Behbudiy” jamoalari o’z aro bellashdilar. Savollar Jadidlar hayoti va ijodidan bo’lib o’tdi. Hakamlar ha’yati a’zosining natijalariga ko’ra faxrli I-o’rinni 9b-sinfning “Behbudiy” jamoasi, II-o’rinni 8b-sinfning “Avloniy” jamoasi va III-o’rinni 8a-sinf “Fitrat” jamoasi egalladi. G’oliblar va faol qatnashganlar diplom bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы