Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ma’rifatli ona- nurli kelajak asosi” mavzusida kitobxon onalar bilan uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 23-aprel  kuni, Axborot-kutubxona markazi tomonidan “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan  “Ma’rifatli ona-nurli kelajak asosi” mavzusida uchrashuv kechasi tashkillashtirildi..  Kechaga   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Djumamuratova,  Axborot-kutubxona markazi rahbari N.Sultanova, Taxiatosh tumani Kasb-hunar maktabi  Axborot-resurs bosh kutubxonachisi M.Babajanova, ko’p yillar kutubxonachilik sohasida ish yuritgan hozirda mehnat ta’tilidagi J.Artikova,   “Markaziy” mahalla fuqorolar yig’ini  raisi G.Babajanovalar mehmon sifatida ishtirok etishdi.

    

             Kechani Axborot-kutubxona markazi rahbari N.Sultanova ochib berdi.  Suhbatga mehmon sifatida Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan A.Matyakupova, M.Seydametova “Markaziy” MFY  mahalla faollari, 1-sonli maktab kutubxonachisi R. Qutlimuratova va maktab kitobxonlari qatnashdi. Kecha davomida M.Seydametova ushbu mavzu orqali oiladagi ona ro’lini, ularning bolalar tarbiyasidagi va ilim-fanga bo’lgan qiziqishini targ’ib qilish ona orqali kitob o’qishning shamiyati va kitobning bolalarning dunyoqarashi shakllantirishdagi o’rni yoqoriligini aytib o’tdi.Kecha so’ngida kitobxonlar tomonidan mehmonlarga savollar berilib, uchrashuv  kechasi mazmunli bo’lib o’tdi.