Joriy yilning, 25-aprel kuni Taxiatosh tuman Ma’naviyat maskanida «O’zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Taxiatosh tuman Axborot – kutubxona markazi tomonidan “Ijod qalb nidosi” mavzusida yosh ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi. Uchrashuv kechasini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxasissi D.Utemuratova ochib berdi va olib bordi.

Uchrashuvga mehmon sifatida hoji ona mehnat ta’tilidagi hurmatli ustoz G.Zarimova va yosh ijodkorlarimizdan U.Meratdurdieva va A.Saburovalar ishtirok etishdi. Uchrashuv kechasida G.Zarimova o’z so’zida hozirda she’riyat kechalarining ko’p bo’layotganligi, o’quvchi-yoshlar qalbida she’riyatga bo’lgan muhabbati ortib borayotganligi, yosh ijdokorlarimiz tomonidan bosmadan chiqqan kitoblari va o’z she’rlaridan parchalar aytib berdi. Undan so’ng yosh ijodkorlarimiz ham o’z tengdoshlariga ijodga kirib kelish tarixi va hozirgi kunda yozayotgan she’rlari haqida aytib o’tdi. Uchrashuv kechasi davomida yosh kitobxonlar tomonidan bahru-baytlar bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы