Joriy yilning, 26-aprel kuni “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.To’reniyazova tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida ko’chma kutubxona tashkillashtirildi.Bundan maqsad, ko’chma kutubxonalar tashabbusi bilan kitoblarni aholiga etkazish orqali kitobxonlikni keng targ’ib qilish va ularning bilim olish imkoniyatini kengaytirishdan iboratdir. Shu sabab, “Do’stlik” MFYda yashovchi Axborot-kutubxona markazining faol kitobxon onalaridan biri Aytgul Abdimamutova xonadoniga tashrif buyurildi va o‘qish uchun yangi adabiyotlar yetkazib berildi. Kitobxon onamiz yangi adabiyotlarni yetkazib bergani uchun Axborot-kutubxona markazi xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы