Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrda “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g‘risida”gi 781-sonli  qarori, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7- apreldagi 3-son farmoyishi va Alisher Navoiy nomidagi O ‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 15-apreldagi 38-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning, 26-aprel kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ning tantanali ravishda yopilish marosimi bo’lib o’tdi.Yopilish marosimini  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova    kirish so’zi bilan ochib berib, undan so’ng Taxiatosh tuman hokimligining bosh mutaxasissi Q.Almuratov  o’z tabrik so’zlari  bilan bugungi tadbir  bilan  hammani muborakbod etdi.

         Haftalik davomida bir qancha tadbirlar kitob ko’rgazmalari, ochiq eshiklar kuni,kutubxonaga sayoxatlar, davra suhbatlari, yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlar, o’quvchi-yoshlar o’rtasida ko’rik-tanlov, zakovat o’yinlari,ochiq osmon ostida rasm tanlovlar bo’lib o’tdi. Ushub tadbirlarlarda kitobxon yoshlar faol ishtirok etib o’z talabchanligi, aql-zakovati va iqtidorlari bilan faxrli o’rinlarni egalladilar va Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan tag’dirlandilar.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkillashtirilgan tadbirlarni  yuqori darajada tashkillashtirishda va o’quvchi yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilishda faol qatnashganlar, Maktabgacha va maktab ta’lim kutubxonachilaridan 4-sonli maktab kutubxonachisi Z.Urinbaeva, 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva. 1-sonli maktab kutubxonachisi R.Qutlimuratova va Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaevalar va Yoshlar ishlari bo’limi Bolalar harakati “Mutolaa” yo’nalishi sardori D.Sultanmuratov, 9-sonli maktab  musiqa o’qituvchisi Z.Shamanbetova, 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi “Tolqin” ansambli”, “Barkamol avlod” “Raqs” to’garagi rahbari S.To’rebaevalar minnatdorchilik sifatida Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

         Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbirlari yuqori saviyada tashkillashtirgani uchun Axborot-kutubxona markazi xodimlari Ma’lumot-bibliografiya xizmati mutaxasissi D.Utemuratova, Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova, Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupovalar Taxiatosh tumani Hokimligi tomonidan faxriy yorliqlar bilan tag’dirlandi. Marosimda Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlaridan biri J.Kallibekova tomonidan Axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg’a uchun berildi.

Taqdirlash marosimidan so’ng yosh kitobxonlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bo’lib o’tdi.