Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida xotira maskanlarga ziyorat tashkil etildi

Joriy yilnin, 2-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 9-may Xotira va qadralash kuni munosabati bilan “Nomingiz dillarda mabgu yashaydi” mavzusida tumanimizning  xotira maskanlarga ziyorat tashkil etildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylarini yod etish, ularning jasoratini e’zozlash maqsadida ziyorat tashkillashtirildi. Xotirlash kuniga 3-sonli maktabning  kitobxonlari maktab kutubxonachisi A.Aymuhanova, Kechaga   Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi mutaxasissi T.Seiydova, Nuroniy jamg’armasi bosh mutaxasissi N.Atiyazova  hamda mahalla faollari bilan birga urush qatnashchilari yashagan manzillar hamda mahalladagi “Xotira maskani” ziyorat qilindi.

 

Ziyorat davomida: urush faxriylari hayoti, ularning ko‘rsatgan jasorati haqida suhbatlar o‘tkazildi. Undan so’ng Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan kutubxonamizning “O’zbekiston Xalqining fashizim ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi” kitobidan ma’lumotlar va yosh avlodga tarixni unutmaslik, tinchlikning qadriga yetish, faxriylarimizni e’zozlash g‘oyalarini singdirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida ta’kidlab o’tdi. Suhbatga  mahalla nuroniy faollari  tomonidan yosh avlodga, o‘quvchilarga tarixiy saboqlar berildi. Kitobxonlarga  tarixiy xotira, vatanparvarlik va faxriylarimizni qadrlash tuyg‘usini singdirishda muhim omil bo‘ldi. Tadbir “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiori ostida yakunlandi.