Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Qoraqalpoq adabiyotining qo’shboyteragi O’zbekiston va Qorqalpog’iston xalq shoiri I.Yusupov va yozuvchisi T.Qayipbergenovning tavallud ayyomi munosabati bilan adabiy kecha tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 7-may kuni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 17-sonli maktab va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda O’zbekiston qahramonlari Qorqalpoq adabiyotining qo’shboyteragi O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri I.Yusupov va yozuvchisi T.Qayipbergenovning tavalludiga 96 yil to’lishi munosabati bilan musiqali-badiiy  kecha va kitoblar ko’rgazmasi  tashkillashtirildi.

     

         Badiiy  kechani Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova va 17-sonli maktab ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T.Sadatdinova ochib berdi va 17-sonli maktabning o’quvchi yoshlari tomonidan tayorlanga konsert dasturiga berildi.Badiiy kechada Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxasissi A.To’reniyazova, 17-sonli maktab kutubxonachisi B.Saparova va 17-sonli maktab qoraqalpoq-tili fani o’qituvchisi Sh.Sherjanova  ishtirok etishdi.

         Konsert dasturida O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri I.Yusupov  ijodidan she’rlarini ifodali aytish, kuy-qo’shiqlar, raqslar  va O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenovning asarlaridan sahnali ko’rinishlar bo’lib o’tdi.Tadbir so’ngida faol qatnashganlarga faxriy yorliqlar bilan tag’dirlanishdi.