Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

15-may Xalqaro “Oila kuni” munosabati bilan kitob ko’rgazma va davra suhbati tashkillashtirildi.

         Joriy yilning, 15-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.To’reniyazova tomonidan 15-may xalqaro “Oila kuni’ munosabati bilan “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” mavzusida kitob ko’rgazmasi va davra suhbati tashkillashtirildi.

Davra suhbatida Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan faol kitobxonlarimiz onalarimiz, qizlarimiz ishtirok etishdi.

Kitob ko’rgazmada Axborot-kutubxona markazida mavjud bo’lgan Yosh oilalar uchun “Hayot kitobi” enciklopedik qo’llanma, Erkin Malikning  “Duo olgan kelinchak”, “Oilam bilan har kun bir hayot darsi o’rganamiz” tarbiya kitobi, “Hademay ona bo’lasiz”, N.Xolmuhammadning “Onalik maqomi” asari, M.Miryunusovning “Sog’lom ona va sog’lom bola tarbiyasi” adabiyotlar to’plamidan  iborat.

Davra suhbatida A.To’reniyazova oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazishini, yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazishini, oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ijtimoiy yoʻnalish berishini ta’kidlab o’tdi.