Ona – hayotimizning bosh manbai, mehr ko‘zgusi, sabr va donolik timsolidir. U farzandining ilk ustozidir. Agar bu ona mutolaani sevsa, kitobga mehr qo‘ysa, uning tarbiyalayotgan farzandi albatta bilimli, ma’naviyatli, ongli bo‘lib voyaga yetadi.
Kitob – inson tafakkurini yorituvchi chiroq bo‘lsa, kitobxon ona – bu chiroqni farzand qalbiga olib kiruvchi yo‘lboshchidir. U har bir sahifa orqali bolasining qalbiga ezgulik, sabr, fidoyilik, vatanparvarlik kabi olijanob tuyg‘ularni singdiradi. Shunday onalar borki, ular bolalariga kitob o‘qib berishni, birgalikda mutolaa qilishni odatga aylantirishgan. Bunday oilalarda bolalar tilga tez kiradi, fikri ravshan bo‘ladi, adabiyotni yaxshi ko‘radi, mustaqil fikrlay oladi. Eng asosiysi – ular kitob orqali hayotni anglay boshlaydi.
Shu munosabat bilan 2025-yilning 17-may kuni, tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabda Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G.Erejepova va Z.Tileumuratova, 1-sonli maktabning o’qituvchi va kitobxonlari ishtirok etishdi.
Tadbir mehmoni Axborot-kutubxona markazimizning faol kitobxon onalaridan G.Alyaminova, G.Raymova, M.Yusupova, N.Erejepova va Sh.Razbekova «Obod makon» mahalla faollari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida faol kitobxon Sh.Razbekova kelajak avlodga kitob o’qishning foydasi va tarbiyaviy ahamiyatlari haqida aytib o’tdilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы