Joriy yilning 22-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 1 va 2chi maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari tomonidan sayohat tashkillashtirildi.
Sayohatdan maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodni kitobga qiziqtirish, kitob mutolasiga jalb qilish maqsadida, shuningdek, yosh avlodning kelajakda ilimli, bilimli, madaniyatli bo‘lib etilishida o‘qish va izlanish, ilim egallashlariga turtki bo‘lishdan iborat.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova tomonidan kutubxona shart-sharoitlari, tartib-koidalari, shuningdek, bolajonlar uchun bolalar adabiyotlari tanishtirilib o‘tildi.
Sayohat davomida bolajonlar rasmli ertak kitoblarni tamosha qildi va «Qizil qalpoqcha», «Zumrad va Qimmat», «Uch cho‘chqacha», «Bo‘g’irsoq» ertaklarini tarbiyachi opalari tomonidan eshitganlarini va ertakdagi esta qolarli qiziqarli voqealarni aytib berdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы