Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.  

Joriy yilning 26-iyun kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi  Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan  Taxiatosh tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Oila hamshirasi” to’garagi bilan birgalikda 26-iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkilashtirildi.

Suhbatga «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Oila hamshirasi” to’garagi rahbarlari T.Aytbaeva, G.Qutlimuratova va to’garak kitobxonlari qatnashdi.

Suhbatni  “Oila hamshirasi” to’garagi rahbari G.Qutlimuratova ochib berdi. U o’z so’zida, bu kun butun dunyoda giyohvandlar va naqonuniy dori savdosiga qarshi kuchli choralarni kuchaytirish, ogohlik va hamkorlikni mustahkamlash maqsatida nishonlanishi, giyohvand moddalar – bu inson sog’ligiga, ruhiyatiga, jamiyatga halokat keltiruvchi vositalar ekanligi, ular bir marta ishlatilgan taqdirda ham miya faoliyatini buzishi, mustaqil fikrlash qobiliyatini yo‘qotishini, oilalar yemirilishiga sabab bo‘lishini, jinoyatga yetaklashini, halokatli oqibatlar keltirishi haqida aytib o’tdi.

Suhbat davomida “Oila hamshirasi” to’garagi rahbari T.Aytbaeva giyohvandlik asosan yoshlarni nishonga olishini, yoshlar hayot yo‘lini endi tanlayotgan, kelajagi hali oldinda bo‘lgan avlodlarning bitta noto‘g‘ri qadam  tashlashi oqibatida butun umr hayotlarining sa’lbiy tamonlariga aylanishiga olib kelishi mumkinligini, shu bois ogoh bo‘lishlarini aytib o‘tdi.