Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalar oromgohida “Kutubxonaga marhamad” mavzusida kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi.

Joriy yilning 3-iyul kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohiga navbatdagi  dam oluvchi bolalar tashrif buyurishdi.

Oromgohga kelgan bolalar oromgohda mavjud shart-sharoitlar,  sport, «Barkamol avlod» maktabining har-hil to’garaklari shu jumladan, kutubxona bilan ham tanishtirildi va  “Kutubxonaga marhamad” mavzusida kutubxonaga sayohat tashkillashtirildi.

Sayohat chog’ida, bolalarga kutubxonaning Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillastirilganligi, kutubxonadagi o’zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz-o’zbek tilidagi bolalar adabiyotlari va badiiy adabiyotlardan o’qib foydalanishlari, shuning bilan birga har-hil tadbirlarning tashkillashtirilishi haqida kutubxonachi A.Toreniyazova tomonidan aytib o’tildi.

Undan so’ng, bolalar bilan birgalikda «Mening eng sevimli kitobim» mavzusida o’zlari sevib o’qigan kitoblari haqida va undagi ertak yoki hikoyalardagi qiziqarli voqealar haqida suxbatlashildi. Dam oluvchi bolalar har kuni kitob o’qishi va maroqli dam olish kunlarini kitob bilan o’tkazishlarini aytib o’tdi.