Joriy yilning 4-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va «Barkamol avlod» bolalar maktabi bilan birgalikda «Dolzarb 90 kun» «O‘z ustingda ishlash va orzuvlar sari yo‘l” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.
2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilindi. Ushbu dasturning asosiy maqsadi – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlikka, ijodga, sport va ma’naviy rivojlanishga yo‘naltirishdan iborat.
Tadbirda, Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yangi adabiyotlardan kitoblar ko‘rgazmasi, «Barkamol avlod» bolalar maktabi tomonidan qo‘l mehnati to’garaklaridan ko‘rgazmalar tashkillashtirildi.

Shuningdek, tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari M.Djumamuratova, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi bosh mutaxassisi K.Ernazarova va Taxiatosh tumani Madaniyat hodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida, Madaniyat hodimlari tomonidan kuy, qo‘shiq va raqslar, Sport maktabining o‘quvchilari tomonidan sport ko‘rinishlari namoyish etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы