2025-yil 23- iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xo‘jayli tumani Axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar sog’lomlashtirish oromgohida oromgoh bolalari ishtirokida «Ochiq osmon ostida kitob o‘qiymiz» nomli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Bundan maqsad, bolalarni yozgi ta’til davrida kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iborat.
Oromgohning yam-yashil tabiat manzarasida dam oluvchi bolalar o‘zlari sevgan kitoblarini o‘qishdi, o‘qigan kitoblari haqida bir-birlari bilan fikr almashishdi. Kutubxona xodimlari esa bolalarga mashhur adiblar ijodidan qiziqarli hikoyalar, she’rlar va parchalardan o‘qib berdi.
Tadbir bolalarda ijobiy taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar orqali yosh avlodni kitobxonlikka yo‘naltirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish mumkin.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы