Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“O‘zbekiston boʻylab oilaviy va jamoaviy sayohat qilishlarini tashkillashtirish” maqsadida sayohat tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga muvofiq, 2025-yil iyun oyidan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanganligi hamda O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyundagi 22/1-1798-son topshirigʻi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 26-iyundagi 144-son va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-iyuldagi 57-sonli buyruqlari asosida “O‘zbekiston boʻylab oilaviy va jamoaviy sayohat qilishlarini tashkillashtirish” maqsadida joriy yilning 30-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida faoliyat yuritayotgan hodimlar tomonidan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston san’at Muzeyiga sayohat tashkillashtirildi.

Mazkur sayohatda hodimlar muzey fondi, san’at asarlari, rasmlar, zargarlik buyumlari, yog’och o‘ymakorligi, haykaltaroshlik, kutubxona fondi, muzeyning barcha eksponatlarini kuzatti va ularning tarixi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Axborot-kutubxona markazi hodimlari jamoaviy sayohatdan tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va ma’naviy hordiq oldi.