Joriy yilning 1-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi bilan birgalikda davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatida Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi xodimlari qatnashishdi. Davra suhbati Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi boshlig’i A.Ikramov o’z so’z bilan ochib berdi. Undan keyin so’z Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova berildi va u o’z so’zida hozirgi kundagi kitobxonlikga doir chiqarilayotgan buyruqlar, amalga oshiralayotgan ishlar haqida va Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Undan keyin so’z navbati Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikaciya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysovaga berildi, u o’z so’zida Axborot-kutubxona markaziga qanday a’zo bo’lish haqida va markazimiz adabiyotlar haqida va shu o’rinda eletron resurlar borligi undan qanday foydalanish mumkinligi haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Davra suhbati so’ngida Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi xodimlari o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы