Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Mashhur yozuvchilar hayotidan» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8-avgust kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonasida «Mashhur yozuvchilar hayotidan» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatda kutubxonachi D.Utemuratova tomonidan bolalar adabiyotining chinakkam fidoiy ijodkori O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboevning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, yozuvchining kutubxonada mavjud bo‘lgan kitoblaridan ko‘rgazmalar tashkillashtirildi  va ular haqida ma’lumotlar va asardagi qiziqarli voqealar so‘zlab berildi.