Joriy yilning 13-avgust kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohining ko‘chma kutubxonasi tomonidan oromgoh bolalari bilan birgalikta «Mening sevimli kitobim» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatni kutubxonachi D.Utemuratova olib bordi. Suxbat davomida D.Utemuratova tomonidan bugungi kunda yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yuksaltirish maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, ulardan kitobxonlikga jalb qilish maqsadida har-hil kitobxonlik tanlovlari tashkillashtirilayotganligi, kitob mutolaasi orqali etukliklarni egallash mumkinligi aytib o‘tildi shuningdek, oromgoh bolalarini kitob mutolaasiga chorladi. So‘ngra, D.Utemuratova oromgoh bolalarining sevimli kitoblari, sevib mutolaa qilgan asarlari haqida suhbatlashdi. Suhbatda bolalar o‘zlarining sevimli asarlari, hozirgi paytda o‘qiyotgan kitoblari, ularning ma’nosi, asar qahramonlari haqida aytib o‘tdi.
Davra suhbati ma’noli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы