O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan joriy yilning 14-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar bilan birgalikda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Vatan – ona tabarruk” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida markazning kitobxon yoshlari ishtirok etib, oʻzlari yod olgan Vatan, Mustaqillik haqidagi she’rlaridan aytib berdilar.
Kitobxon yoshlar markazimiz kitob javonlaridan orin olgan J.Nurullaevning “Watan – ana teberik”, M.Yusufning “Xalq boʻl elim” kitoblaridan “Vatan”, “Ona”, “Oʻzbekiston” nomli she’rlarini oʻqib berdi.
Davra suhbati davomida kitobxon yoshlar Axborot-kutubxona markazining yangi adabiyotlari bilan tanishdilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы