Joriy yilning 14-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Kitob – uyingizda mehmon» mavzusida “Moviy jomadon tashrifi” loyihasi asosida ko’chma kutubxona tashkil etildi. Bunda, Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan faol kitobxonimiz Taxiatosh tumani Ashhabat ko‘chasi 15 uyda yashovchi Z.Djumamuratovaning uylariga maxsus «Moviy jomadon» sumkasi orqali kitoblar kitobxonning uyiga etkazildi.
Kitobxon bilan qisqa suhbat o’tkazilib, kitob tanlash bo’yicha tavsiyalar berildi. Kutubxonaga kelolmaydigan, ayniqsa, yoshi ulug‘lar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda band kitobxonlar uchun kitoblarni ularning uyiga yetkazib berish orqali kitobxonlik doirasini kengaytirish, bilim va ma’rifatni har bir xonadonga olib kirishdir.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы