O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin- qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-sonli Qarori 3 ilovasi bilan tasdiqlangan Yo’l-xaritasining 36-bandida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha qo’shma chora-tadbirlar rejasi asosida ”Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona- kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasini “Kitobxon onalar kuni” deb belgilandi.
Shu munosabat bilan 18-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova tomonidan “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Suhbatga mehmon sifatida Taxiatosh tumani Axborot –kutubxona markazining faol kitobxon onalarimizdan biri bo’lgan 10-sonli maktabning kutubxonachisi Sh.Rahmanova va 15-sonli maktab kutubxonachisi M.Galpakbaeva va kitobxonlar ishtirok etdi.
Sh.Rahmanova va M.Galpakbaeva ushbu mavzu orqali onalik va kitobxonlik fazilatini birlashtirib, kitobni sevuvchi, kitob bilan yashovchi onalar safidaligini, chunki farzand tarbiyasida kitobning, bilimning o‘rni beqiyosligini, kitobni sevuvchi ona – bu ziyoli avlodni voyaga yetkazuvchi ustozligini aytib o’tdi.
Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы