Joriy yilning 20-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va «Barkamol avlod» bolalar maktabi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida “Ona Vatanim – ğururim, iftixorim!” mavzusida insholar tanlovi tashkillashtirildi. Tanlovga «Barkamol avlod» bolalar maktabining “Rejisyorlik, jurnalistika va notiqlik” to’garagi o’quvchilari ishtirok etdi.
Ushbu tanlovning asosiy maqsadi – yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishdir.
Tanlovda “Shijoatli bolalar bilan ishlash» bo’limi metodisti Q.Tilewmuratova va Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutovalar hay’at a’zolari sifatida ishtirok etishdi. Tanlovda birinchi o’rinni G.Purxanova, ikkinchi o’rinni D.Qadirbergenova, uchinchi o’rinni A.Yoldashevalar egallashdi.
Tanlov yakunida g’oliblar Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Diplom” bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы