Joriy yilning 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar dam olish maskanida guruh bolalari ishtirokida mushoira kechasi tashkillashtirildi.
Dastlab, Axborot-kutubxona markazi hodimi J.Qadirbaeva yurimiz bo‘ylab nishonlanayotgan Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami bilan tabriklab o‘tti va Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat ekanligi, bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidan darak ekanligini aytib o‘tdi.
Kechada ishtirok etgan kitobxon o’quvchilar o’zlari sevib yod olgan sevimli shoirlarimiz qalamiga mansub bo‘lgan, Mustaqillikni tarannum etuvchi O‘zbekiston, Ona Vatan haqidagi she’rlaridan aytib berishdi.
Mushoira kechasi ma’noli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы