Joriy yilning 22-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktab binosida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Vatanim mening- baxtim mening!” mavzusida kitob taqdimoti va kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Taqdimotda Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan ko‘rgazmadagi yangi adabiyotlar bo‘yicha kitobxonlarga ma’lumotlar berilib o‘tildi. Shuningdek, adabiyotlarning mazmuni, qiziqarli ma’lumotlari, voqealari haqida aytib o‘tildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarning qiziqtirgan savollariga G.Baynazarova tomonidan javob berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы