Joriy yilning 22-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani IIB bilan birgalikda “Tenglik va adolat insoniyat tamoyillari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi. U o’z so’zida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirishini targ’ib qilish haqida ta’kidlab o’tdi.
Keyingi so’z navbati, Taxiatosh tumani IIB TQKG katta tezkor vakili katta leytenant R.Urinbaevga berildi. U o’z so’zida inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tarixiy ahamiyatga egaligini , unda insonning asosiy huquqlari va erkinliklari o‘z ifodasini topganligini, mazkur hujjat universal qadriyat – “Barcha odamlar erkin, qadrqimmat va huquqlarda teng bo‘lib tug‘iladi” tamoyilini tatbiq etishini, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchilik me’yorlarida o‘z ifodasini topganligini o’z so’zida aytib o’tdi.
Suhbatimiz davomida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы