Joriy yilning 25-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Mustaqillik- millat qalbida” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova olib bordi.
A.Vaysova tomonidan kitobxonlar uchun Yurtimiz Mustaqilligi haqida keng turda tushuncha va ma’lumotlar berilib o‘tildi. Unda, Yurtimiz Mustaqillikga erishgandan so‘ng, o‘z bayrog’i, madhiyasi, gerbi, konstitutsiyasiyaga ega bo‘lganligi, bularning barchasi Mustaqillik, erkinlik belgilari ekanligi aytilib, shuningdek, Mustaqilligimizni qadrlashimiz, tinch va erkin zaminda ilim olayotganimizni, davlatimiz tomonidan o‘qish, ilim olish, ishlash borasida imkoniyatlar yoratilayotganligi, imkoniyatlar yaratilgan payitda ko‘proq o‘qib, ilim egallashlari va yurtimizning yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan olimlar va etuk insonlar bo‘lib etilishib chiqishlarini kitobxonlarga aytib o‘tdi.
Suhbat yakunida kitobxonlar o‘zlarining sevib o‘qigan va yod olgan Vatan, O‘zbekiston, Mustaqillik haqidagi she’rlaridan aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы