Joriy yilning 26-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Mustaqillik-ulug’ ne’mat” mavzusida rasm tanlovi tashkillashtirildi. Tanlovda 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi “Tasviriy san’at” to’garagi o’quvchilari ishtirok etishdi.
Rasm tanlovida “Tasviriy san’at” metodisti A.Xalbaeva va Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupovalar hay’at a’zolari sifatida ishtirok etishdi. Tanlovda 1-o’rinni H.Kakishova, 2-o’rinni S.Temirbaeva va 3-o’rinni N.Maxsetbaevalar egalladilar.
Tanlov yakunida g’oliblar Axborot-kutubxona markazi tomonidan diplom bilan, qolgan ishtirokchilar faol qatnashganligi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы