Joriy yilning 27-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan Taxiatosh tumani “Sport maktabi” binosida “Shaxmat” to’garagi murabiyi Ayna To‘reeva bilan birgalikda “Bugunning qahramoni” mavzusida uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.
Shuningdek, uchrashuvda O’zbekiston talabalar Ligasida “Shaxmat” bo’yicha 3-o’rin g’olibasi hozirda Brutish Menedjmenti Magistratura Universiteti 2-kurs talabasi Selbi Kakishova va “Shaxmat” to’garagi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi G.Baynazarova ochib berdi. G.Baynazarova tomonidan Qahramonlik deganda ko‘pincha jang maydonida jasorat ko‘rsatgan insonlar ko‘z oldimiz tasavvurlanishi, lekin aslida har bir davrning, har bir kunning o‘z qahramonlari bo‘lishi, ular ilmda, sportda, san’atda, ixtirochilikda, hatto kichik yaxshi amallarda ham qahramonlik ko‘rsatishi mumkinligini, ularning ko‘rsatkan qahramonliklarini o‘sib kelayotgan yosh avlodga namuna etib ko‘rsatish kerakligi aytib o‘tildi. So‘ngra A.To‘reeva hayoti va mehnat faoliyati haqida, erishgan yutuqlari, sport faoliyati bilan birgalikda dunyo bo‘ylab sayohatlar haqida ham keng turda aytib o‘tdi.
Shaxmat – bu nafaqat o‘yin, balki aqlni charxlash, sabr-toqatni sinash, qaror qabul qilishni o‘rgatuvchi maktab ekanligi, bu to‘garakka qatnashish orqali o‘z ustida ishlaganligi, vaqtni unumli o‘tkazish, mantiqiy fikrlashni kuchaytirishi orqali shu etuklikka erishganligi haqida uchrashuv mehmoni S.Kakishova aytib o‘tdi.
Mana shu ham bugunning qahramonligi! Chunki telefon, kompyuter o‘yinlariga berilib vaqtni behuda sarflash oson, lekin ilmga, sportga, shaxmatga vaqt ajratish – bu haqiqiy jasorat.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы