Joriy yilning 29-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Yurtim Mustaqilligi – baxtim manbayi!” mavzusida musiqali bayram dasturi tashkillashtirildi.

Bayram dasturini “Taxiatosh” sanatorisi bosh shifokori A.Madaminov ochib berdi. Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan bayram dasturi olib borildi. Undan so’ng, sanatori dam oluvchisi O’zbekiston va Qoraqaqolpoqiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Jasorat” medali sohibi, nuroniy shoyir N.Dabilov dam oluvchi onahonu-otahonlarni bayram bilan tabriklab, Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag’ishlangan sherlaridan o’qib eshittirdi.
Dastur Vatanimiz Mustaqilligini tarranum etuvchi kuy-qo’shiqlar bilan davom etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы