Joriy yilning 8-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Ochiq eshiklar haftaligi»ning ochilish ma’rosimi va kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Axborot-kutubxona markazining rang-barang kitoblari va yangi adabiyotlari ko‘rgazmadan o‘rin olgan. Haftalik munosabati bilan Taxiatosh tumani yoshlar etakchilari tomonidan kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Bundan maqsad yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasiga qiziqishini uyg’otishdan iborat.
Yoshlar sayohati davomida, kutubxona haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi va ko‘rgazmadagi kitobdar bilan tanishib chiqdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы