Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ochiq eshiklar haftaligi» doirasida kitob taqdimoti tashkillashtirildi.

Joriy yilning 9-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Ochiq eshiklar haftaligi» doirasida Qoraqalpog’iston Pedagogika texnikumining «Tarbiyachi» 445-guruhi o‘quvchilari ishtirokida taniqli qoraqalpoq jurnalisti va yozuvchisi Arıwxan Turekeevaning «Maǵan kerekseń balam!» kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan taqdim etilayotgan kitob – qissa va hikoyalardan, odob-axloq mavzulsidagi maqolalardan iborat ekanligi, shuningdek, hayotiy qiziqarli voqealar, ayanchli taqdirlar, yahshi bilan yomon, haqiqat va nahoqlik o‘rtasidagi kurashlar yozuvchi tomonidan mahorat bilan tasvirlanganligi aytib o‘tildi va yig’ilganlarga ushbu kitobni o‘qib ko‘rishlarini tavsiya etdi.

Taqdimotdan so‘ng, tashrif buyurganlar kutubxonani sayohat qildi va ko‘rgazmalar bilan tanishib chiqdi.