Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

#Ochiq_eshiklar_haftaligi

Yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini orttirish, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida joriy yilning 8-12 sentyabr kunlari «Ochiq eshiklar haftaligi» tashkillashtirildi. Ushbu munosabat bilan joriy yilning 11-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga Taxiatosh tumani Politexnika texnikumi Axborot-resurs markazi rahbari Muxabbat Babadjanova va texnikum talabalari tashrif buyurishdi.

Sayohatda Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati, Axborot-bibliografiya xizmati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati, Fondni to‘ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmatlari o‘z ish faoliyati haqida ma’lumotlar berib, tanishtirib o‘tdi.

Tashrif buyurganlar, haftalik munosabati bilan tashkillashtirilgan kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib chiqdi.