Joriy yilning 15-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Inson huquqlari – qonun himoyasida» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatda Taxiatosh tumani IIB JKX XPB profilaktika inspektori mayor X.Asamadinov va Taxiatosh tumani IIB JKX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik U.Tleumuratovlar ishtirok etdi. Tadbir Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan olib borildi.
Keyingi so‘z navbatida, Taxiatosh tumani IIB JKX XPB profilaktika inspektori mayor X.Asamadinov va Taxiatosh tumani IIB JKX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik U.Tleumuratovlar hozirgi kunda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tarbirlar yuzasidan fikrlar bildirib o‘tdi. Shuningdek, hozirgi davrda kiberjinoyatning oldini olish va kiberhavfsizlik bo‘yicha ogohlantirish ishlari olib borilayotganligi aytilib o‘tildi va kiberhavfsizlik choralari bo‘yicha tayyorlangan bukletlar tarqatildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы