Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalining navbatdagi bosqichi 2025 – yilning sentabr oyida respublikamizning barcha hududlarida “Xon atlas” oyligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur oylik doirasida joriy yilning 15-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida atlas va adraslarni, milliylikni aks ettiruvchi kitoblar va rasmli ko‘rgazmalar tashkillashtirildi. Shuningdek, kutubxonaga tashrif buyurgan foydalanuvchilarga ko‘rgazmadagi kitoblar tanishtirilib o‘tildi. Axborot-kutubxona markazi hodimlari kun davomida milliy liboslarda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы