Joriy yilning 16-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan Taxiatosh tumani «Nurli kelajak» MFY kitobxonlari uchun «Tanishing yangi adabiyotlar» mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
Ko‘rgazmada Axborot-kutubxona markaziga yangi kelgan har-hil sohalarga oid va rang-barang bolalar adabiyotlaridan iborat kitoblar qo‘yilgan. Shuningdek, G.Baynazarova tomonidan kitobxonlarni qiziqtirish maqsadida ko‘rgazmadagi kitoblardan qisqacha ma’lumotlar berib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы