Joriy yilning 24-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 3-sonli maktab kutubxonasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan «Xon atlas» oyligi doirasida «Jadid namoyondalari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatda ko‘rgazmadagi kitoblardan jadid bobolarimiz Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziylar haqida ma’lumotlar, ularning hayoti va ijodlari, o‘sha davrdagi faoliyati haqida aytib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы