Joriy yilning 25-sentyabr kuni «Xon atlas» oyligi doirasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limida “Kitob va kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Davra suhbatida Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi xodimlari ishtirok etdi. Suhbatni Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi boshlig’i A.Ikramov ochib berdi. So‘ngra, Axborot-kutubxona markazining hodimlari tomonidan kitob va kitobxonlik madaniyati borasida tushuncha va ma’lumotlar aytilib o‘tildi. Undan so‘ng, Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Qadirbaeva tomonidan qoraqalpoq xalq yozuvchisi Kamal Mambetovning “Posqan el” kitobi bo‘yicha ma’lumot berilib o‘tildi.
Suhbat so’ngida Taxiatosh tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi hodimlari o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы