Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan kutubxona sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, hozirda nafaqada, faol nuroniy, faol kitobxon ona Artikova Jaqsibike xonadonlariga tashrif buyurildi. Kutubxona hodimlari tomonidan nuroniy ustozga samimiy bayram tilaklari bildirildi va bayram sovg’alari topshirildi.

J.Artikova o‘zining hayoti davomida olib borgan ish faoliyati haqida so‘zlab, kutubxonachilik sohasiga mehr qo‘yganligi, ish faoliyatidagi sevimli xotiralarni eslab suhbatlashdi va yosh kutubxonachilarga kutubxonachi ustoz sifatida o‘zining tavsiyalarini aytib o‘tdi va barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.