Joriy yilning 6-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabda Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxonachilari orasida tajribali, ijodkor, mohir, talabchan, fidoyi kutubxonachilarni aniqlash, ijodiy faolligini oshirish, yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda hissa qo‘shib kelayotgan, ish jarayonida innovatsion usullardan foydalanib, natijalarga erishib kelayotgan kutubxonachilarni ish tajribalarini ommalashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, jamiyatda kutubxonachilik kasbining o‘rnini yanada oshirish maqsadida «Eng faol kutubxonachi» tanlovi o‘tkazildi. Bunda, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari D.Utemuratova va A.Vaysovalar tanlov natijalarini baholab hay’at a’zosi sifatida ishtirok etishdi. Tanlovni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Darsliklar bo‘yicha metodisti Kemalova Bibiroza ochib berdi.
Tanlov ikki sharttan iborat bo‘lib, shartlar bo‘yicha ishtirokchilarning to‘plagan ballari umumlashtirilib, bo‘limga qarashli 6-maktab kutubxonachisi Duysenbayeva Janat I-o‘rin, 16-maktab kutubxonachisi Beketova Gulmira II-o‘rin, 19-maktab kutubxonachisi Adilbayeva Inkar III-o‘rinni egalladi. Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi g‘olibi 6-sonli maktab kutubxonachisi Duysenbayeva Janat tanlovning Respublika bosqichiga ishtirok etish uchun tavsiya etildi.



2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы