Joriy yilning 7-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabda Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining faol kitobxonlari orasida «Eng faol kitobxon o‘quvchi» tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovdan maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitob va kitob mutolasiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, maktab o‘quvchilari orasida kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish maqsadida tashkillashtirildi.
Tanlovni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining Darsliklar bo‘yicha metodisti Kemalova Bibiroza ochib berdi. Tanlov 2 sharttan iborat bo‘lib, ishtirokchilarning shartlar bo‘yicha to‘plagan ballarini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari D.Utemuratova va A.Vaysovalar baholab bordi.
Ishtirokchilarning tanlov shartlari bo‘yicha to‘plagan ballari hisoblanib 1-o‘rinni – 6-sonli maktab o‘quvchisi Embergenova Zebo, 2-o‘rinni – 16-sonli maktab o‘quvchisi Xudaybergenova Farida, 3-o‘rinni – 1-sonli maktab o‘quvchisi Orazbaeva Feruzalar egallashdi. G’oliblarga «Fahriy yorliqlar» va esdalik sovg’alari topshirildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы