Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Xalqaro qizlar kuni» doirasida «Ijodkor o‘quvchi qizlar» tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning 9-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining «Xalqaro qizlar» kuni doirasida «Ijodkor o‘quvchi qizlar» tanlovi o‘tkazildi. Tanlov tumandagi barcha maktab o‘quvchi qizlari orasida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining Darsliklar bo‘yicha metodisti Kemalova Bibiroza ochib berdi.

Tanlov 2 shart bo‘yicha o‘tkazildi va hay’at a’zolari tomonidan baholanib borildi. Shartlar bo‘yicha baholar umumlashtirilib tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Orazbaeva Feruza tanlov g’olibi dep topildi.