Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Xalqaro qizlar kuni»ga bag’ishlab “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida “Qizlar va kitob sehri” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 10-oktyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.Abiyeva tomonidan Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-sonli Maktab binosida «Xalqaro qizlar kuni»ga bag’ishlab “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida “Qizlar va kitob sehri” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Bunda maktabning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha derektor o’rinbosari Z.Zarlihova va kitobxon qizlar qatnashdi.

Ko‘rgazmada taniqli yozuvchi va shoiralar ijodiga bag‘ishlangan asarlar, zamonaviy ayol obrazi, qizlarning orzu-intilishlari va ma’naviy kamoloti haqida yozilgan badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar keng o‘rin oldi. Mazkur ko‘rgazma qizlarning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, o‘qish madaniyatini shakllantirish va kutubxona faoliyatiga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.