Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kiberjinoyatni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 21-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani IIB bilan birgalikda “Kiberjinoyatni oldini olish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi A.Abieva olib bordi.  U o’z so’zida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qarorning amalga oshirishini targ’ib qilish haqida ta’kidlab o’tdi.

Keyingi so’z navbati, Taxiatosh tumani IIB JKX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik U.Tleumuratovga  berildi. U o’z so’zida  texnologiyalar jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ekanligimizni, ammo har qanday taraqqiyot bilan birga, afsuski, unga tahdid soluvchi xavf-xatarlar ham yuzaga kelmoqdaligini, shunday tahdidlarning eng xavflilaridan biri bu — kiberjinoyatlar ekanligini o’z  so’zida aytib o’tdi va u kiberjinoyatlarga qarshi kurashda biz har birimiz mas’uliyatni his qilishimiz kerakligini, yosh avlodni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishimiz kerakligini,  chunki xavfsiz raqamli makon — bu farzandlarimiz kelajagi ekanligini, bu mamlakatimiz taraqqiyoti garovi ekanlgini ta’kidlab o’tdi.

Suhbatimiz davomida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.