Joriy yilning 10-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligining ochilish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.
“INFOLIB UZBEKISTAN-2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligining o‘tkazishdan asosiy maqsad respublikada axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholini axborot manbasi, olish shakllari va usullaridan xabardor qilish, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxonlik ko‘lamini kengaytirishdan, aholining bilim darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali aholining kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat.
Bugungi tadbirda, Taxiatosh tuman hokimi o‘rinbosari U.Aytimbetov, Qaraqalpaqstan pedagogika texnikumы va Politexnika texnikumы kutubxonachilari va talabalari, MTMBga qarashli maktab kutubxonachilari, kitobxon yoshlar faol ishtirok etdi.
Ochilish ma’rosimini Taxiatosh tuman hokimi o‘rinbosari U.Aytimbetov ochib berdi va bugungi kunda tumanimizda tuman Axborot-kutubxona markazi bilan bir qancha kitobxonlik tadbirlar, bayramlar hamkorlikda amalga oshirilib kelayotganligini, tuman yoshlari kitob o‘qishda va kitob o‘qishga qiziqtirishda shunday haftaliklarning o‘tkazilishi, yozuvchi va shoirlar bilan muloqat qilishi, yoshlarning kitob o‘qishga ancha o‘zining samarali natijasin berishini aytib hammani INFOLIB UZBEKISTAN-2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi bilan tabrikladi.

Shuning bilan birga, Politexnika texnikumы kutubxonachisi M.Babajanova so‘zga chiqib, bugungi haftalikning na qadar juda muhim ekanligini, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibori va g’amxo‘rligi, bunda yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtirish uchun “Yosh kitobxonlar” tanlovining joriy e’tilganligi, bunda yoshlarning kitob o‘quvchilarning soni ortayotganligini, bu borada kutubxonachilar va kitobxon yoshlarni birlashtirish kerakligini aytib utdi.
Tadbir so‘ngida, Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva “INFOLIB UZBEKISTAN-2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligining hafta davomida o‘tkaziladigan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar: seminarlar, davra suhbatlari, kitob taqdimotlari, ko‘rik-tanlovlar, mahorat saboqlari, kitob ko‘rgazmalari rejalashtirilganligi haqida aytib o‘tib, bugungi mehmonlarga kelgan tashrifi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы