Joriy yilning, 10-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB UZBEKISTAN-2025” XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doyrasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholi orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobxonlar sonini ko’paytirish orqali o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini shakllantirish maqsadida “Kutubxona — har bir avlod qalbini ma’naviyat nuri bilan yorituvchi maskan” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi va suhbat o’tkazildi.
Tadbirda Axborot-bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva tomonidan kitob — bilim manbai, xazinalar kaliti, insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada kitobning o‘rni haqida so‘z yuritildi. Oila muhitining farzand tarbiyasidagi o‘rni va roli katta ekanligi, ona yoki ota nima bilan band bo‘lsa, bola ham ayni ulardek bo‘lishga intiladi. Shunday ekan, kattalar munosib ibrat bo‘lishga intilishlari lozimligini ta’kidlab o΄tdi. Ochiq eshiklar kunida Taxiatosh tumani Politexnika texnikumi talabalari ishtirok etdi. Tadbir yakunida Axborot-kutubxona markaziga 6 kitobxon a’zo bo’ldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы