Joriy yilninng 11-noyabr kuni tumanimizdagi 99651-Harbiy qismda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2025» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Zakovat saroyi» mavzusida zakovat intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

Zakovat o‘yinida 99651-Harbiy qism askarlaridan tashkil topgan «Temur vorislari», «Beklar», tuman Ixtisoslashtirrilgan maktabdan “Q.M” jamoasi, 4-sonli maktabdan «Renesans» jamoalari ishtirok etdi.Jamoalarni tumanimizdagi 99651-harbiy qism xizmat boshlig’i B.Buxariev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi T.Seydova hamda Axborot–kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari B.Yusupovalar baholab bordi.
Hakamlar ha’yati a’zolari natijalariga ko’ra I-o’rinni tuman Ixtisoslashtirilgan maktabdan “Q.M” jamoasi, II-o’rinni «Temur vorislari», III-o’rinni 4-sonli maktabdan «Renesans» jamoalari egalladilar. G’oliblar diplom bilan tag’dirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы