Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Oilada o‘qish madaniyatini shakllantiraylik” mavzusida uchrashuv kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 11-noyabr kuni, Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga  xizmat ko’rsatish  xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani 10-sonli maktab kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy Axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Oilada o‘qish madaniyatini shakllantiraylik” mavzusida uchrashuv kechasi tashkillashtirildi. Bunda mehmon sifatida Taxiatosh tumani “Qushchilik” mahallasida  yashovchi kitobxon oila va kitobni qadirlaydigan muhitda o’sgan mahalla faoli B.Ziyaeva va nabirasi G.Bazarbaevalar mehmonda bo’lishdi. Uchrashuv kechaga 10-sonli maktabning Manaviyat va marifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Gazakova maktab kutubxonachisi Sh.Raxmanova, “Qushchilik” mahallasi Hotin-qizlar faoli A.Abdukarimova va kitobxonlar qatnashdi.

Uchrashuv davomida o’z so’zida, oilamizda kitobga muxabbat muhitini yarataylik, farzandlarimizga kitob sovg’sa qilaylik, ular bilan birga o’qiylik, kitob haqida suhbat qilaylik, chunki kitobxon farzand – bilimli zakovatli va vatanparvar inson bo’lib voyaga etadi. Shu bois, har bir oilada shunday shior bo’lsin deydi bugungi mehmonimiz. Suhbat so’ngida mahalla faoli B.Ziyaeva tashakkurnoma bilan taqdirlandi.