Joriy yilninng 12-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2025» XIV Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida Adib Xolidning “Turkistonda jadidchilik” kitobining kitob tag’dimoti bo’lib o’tdi.
Tag’dimot Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktabda bo’lib o’tdi. Tag’dimotta 6-sonli maktab kutubxonachisi J.Duysenbaeva, infomatika fani o’qituvchisi N.Orinbaeva va kitobxonlar klubi a’zolari qatnashishdi.
Tag’dimot davomida B.Yusupova Adib Xolid haqida va asar haqida ma’lumotlar berib o’tdi, unga ko’ra Adib Xolid Sharqiy Osiyo tadqiqotlari va tarixi boʻyicha mutaxassis, Minnesota shtatidagi Karleton kollejining Jeyn va Rafael Bernshteyn professori, uning ilmiy ishlari ushbu sohada yuqori baholanishini, “Turkistonda jadidchilik” asari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar uchun ming kitob loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida yo’lga qo’yilgan “1000KITOB” loyihasi doirasida nashrga tayyorlanganligini ta’kidlab o’tdi. Kitob tag’dimotida klub a’zolari o’z savollariga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы